Dataset Preview
The full dataset viewer is not available (click to read why). Only showing a preview of the rows.
The dataset generation failed because of a cast error
Error code: DatasetGenerationCastError
Exception: DatasetGenerationCastError
Message: An error occurred while generating the dataset
All the data files must have the same columns, but at some point there are 1 new columns ({'timestamp'}) and 1 missing columns ({'date'}).
This happened while the csv dataset builder was generating data using
hf://datasets/shoyim/uz-telegram-sentences/data/sync_1772444352.csv (at revision 9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8), [/tmp/hf-datasets-cache/medium/datasets/50095984438797-config-parquet-and-info-shoyim-uz-telegram-senten-47ffe8c4/hub/datasets--shoyim--uz-telegram-sentences/snapshots/9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/all_sentences.csv (origin=hf://datasets/shoyim/uz-telegram-sentences@9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/all_sentences.csv), /tmp/hf-datasets-cache/medium/datasets/50095984438797-config-parquet-and-info-shoyim-uz-telegram-senten-47ffe8c4/hub/datasets--shoyim--uz-telegram-sentences/snapshots/9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/data/sync_1772444352.csv (origin=hf://datasets/shoyim/uz-telegram-sentences@9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/data/sync_1772444352.csv)]
Please either edit the data files to have matching columns, or separate them into different configurations (see docs at https://hf.co/docs/hub/datasets-manual-configuration#multiple-configurations)
Traceback: Traceback (most recent call last):
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/builder.py", line 1887, in _prepare_split_single
writer.write_table(table)
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/arrow_writer.py", line 675, in write_table
pa_table = table_cast(pa_table, self._schema)
^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/table.py", line 2272, in table_cast
return cast_table_to_schema(table, schema)
^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/table.py", line 2218, in cast_table_to_schema
raise CastError(
datasets.table.CastError: Couldn't cast
text: string
timestamp: int64
source: string
-- schema metadata --
pandas: '{"index_columns": [{"kind": "range", "name": null, "start": 0, "' + 596
to
{'text': Value('string'), 'date': Value('string'), 'source': Value('string')}
because column names don't match
During handling of the above exception, another exception occurred:
Traceback (most recent call last):
File "/src/services/worker/src/worker/job_runners/config/parquet_and_info.py", line 1347, in compute_config_parquet_and_info_response
parquet_operations = convert_to_parquet(builder)
^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^
File "/src/services/worker/src/worker/job_runners/config/parquet_and_info.py", line 980, in convert_to_parquet
builder.download_and_prepare(
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/builder.py", line 884, in download_and_prepare
self._download_and_prepare(
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/builder.py", line 947, in _download_and_prepare
self._prepare_split(split_generator, **prepare_split_kwargs)
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/builder.py", line 1736, in _prepare_split
for job_id, done, content in self._prepare_split_single(
^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/builder.py", line 1889, in _prepare_split_single
raise DatasetGenerationCastError.from_cast_error(
datasets.exceptions.DatasetGenerationCastError: An error occurred while generating the dataset
All the data files must have the same columns, but at some point there are 1 new columns ({'timestamp'}) and 1 missing columns ({'date'}).
This happened while the csv dataset builder was generating data using
hf://datasets/shoyim/uz-telegram-sentences/data/sync_1772444352.csv (at revision 9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8), [/tmp/hf-datasets-cache/medium/datasets/50095984438797-config-parquet-and-info-shoyim-uz-telegram-senten-47ffe8c4/hub/datasets--shoyim--uz-telegram-sentences/snapshots/9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/all_sentences.csv (origin=hf://datasets/shoyim/uz-telegram-sentences@9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/all_sentences.csv), /tmp/hf-datasets-cache/medium/datasets/50095984438797-config-parquet-and-info-shoyim-uz-telegram-senten-47ffe8c4/hub/datasets--shoyim--uz-telegram-sentences/snapshots/9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/data/sync_1772444352.csv (origin=hf://datasets/shoyim/uz-telegram-sentences@9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/data/sync_1772444352.csv)]
Please either edit the data files to have matching columns, or separate them into different configurations (see docs at https://hf.co/docs/hub/datasets-manual-configuration#multiple-configurations)Need help to make the dataset viewer work? Make sure to review how to configure the dataset viewer, and open a discussion for direct support.
text string | date string | source string |
|---|---|---|
Toshkentda yerosti yo‘lida telefon olib qochgan shaxs ushlandi U 5 yildan 8 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. | 2026-01-02 09:04:38 | https://t.me/kunuz/93421 |
Denis Kapustin tirik ekani ma’lum bo‘ldi Ukraina razvedkasi Ukraina tomonida jang qiluvchi rossiyaliklar bo‘linmasi komandirining o‘limi maxsus xizmatlar tomonidan sahnalashtirilganini ma’lum qildi. Bu amaliyot orqali RF tomonining uni o‘ldirish bo‘yicha rejasi yo‘qqa chiqarilgan. | 2026-01-02 08:10:13 | https://t.me/kunuz/93420 |
Eronda namoyishlar qurbonlar bor Mamlakatda iqtisodiy vaziyat keskin yomonlashuvi va qimmatchilik tufayli yuzaga kelgan ommaviy norozilik namoyishlari to‘lqini davom etmoqda. Namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tufayli bir necha kishi halok bo‘lgan. | 2026-01-02 08:05:01 | https://t.me/kunuz/93419 |
Xerson oblastining Rossiya tayinlagan gubernatori Ukrainani mehmonxonaga zarba berishda aybladi Rossiya tomoniga ko‘ra, hujum oqibatida 30 ga yaqin kishi halok bo‘lgan. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi esa Xerson oblastidagi mehmonxonaga hujum qilinganini rad etdi. | 2026-01-02 07:35:09 | https://t.me/kunuz/93418 |
O‘zbekistonlik ayollar asosan necha yoshda ona bo‘lmoqda? 2025 yilning yanvarsentabr oylarida O‘zbekistonda 664,6 mingta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Tug‘ilishlar taqsimotida onalarning 2539 yosh guruhi asosiy ulushni tashkil etgan. | 2026-01-02 07:10:13 | https://t.me/kunuz/93417 |
Dronlarga qarshi yangi davr 2025 yilning 5 ta eng kuchli harbiy lazeri 2025 yil holatiga ko‘ra AQSh, Buyuk Britaniya, Isroil, Avstraliya va Xitoy havo hujumidan mudofaa uchun lazer qurollaridan foydalanmoqda. Bu harbiy strategiyada jiddiy siljish va jangovar samaradorlikning oshganini ko‘rsatadi. | 2026-01-02 05:50:55 | https://t.me/kunuz/93416 |
“Maqsadimiz xalq hayotini yaxshilash” Saida Mirziyoyevadan ilk katta intervyu Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasidagi vazifalari, davlat rahbarining shaxsiy sifatlari va ish uslubi haqida to‘xtaldi. Mirziyoyeva shuningdek, administratsiya oldidagi besh ustuvor yo‘nalishni sanadi suv, ta’lim, tibbiyot, biznes va sud-huquq tizimi. U shaffof va adolatli sud tizimisiz qolgan islohotlar ishlamasligini aytdi. Shaxsan o‘zi esa xalqaro diplomatiya va muloqotdan katta zavq olishi, maqsad xalq hayotini yaxshilash ekani, har bir inson muhim degan qarashni takrorladi. Mirziyoyeva administratsiya rahbari etib tayinlanishini prezidentga joylardagi real holat haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri axborot yetkazish zarurati bilan bog‘ladi VIDЕONI TOMOSHA QILING | 2026-01-02 05:01:33 | https://t.me/kunuz/93415 |
Geosiyosatni belgilayotgan neft dunyo zaxiralari qaysi davlatlarda jamlangan? Neft hali-hamon jahon iqtisodiyotining eng strategik ahamiyatga ega resurslaridan biri bo‘lib qolmoqda. U transport tizimlarini harakatga keltiradi, sanoat ishlab chiqarishining asosini tashkil etadi va geosiyosat hamda savdo oqimlarini shakllantirishda davom etmoqda. Qayta tiklanuvchi energetika o‘sib borayotganiga qaramay, neft hanuz global energiya ehtiyojlarini ta’minlashda ustuvor o‘rin tutadi. | 2026-01-02 04:40:06 | https://t.me/kunuz/93414 |
Putin qarorgohiga hujum Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina dronlarining Putin qarorgohiga hujumi haqida dalillar olganini da’vo qildi va ularni amerikaliklarga topshirishga va’da berdi. Bir kun avval AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Ukraina shu hafta davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin yoki uning qarorgohlaridan biriga hujum qilishga urinmaganini aniqlagan edi. | 2026-01-02 03:59:58 | https://t.me/kunuz/93413 |
Ukraina Zelenskiyning AQShga safari paytida Valdayga hujum qilishdan manfaatdor emasdi tahlilchilar Tramp Putin bilan iliq munosabatda ekanidan kelib chiqsak, Zelenskiy aynan AQShga safari chog‘ida Putinning qarorgohiga hujum qilishdek provokatsion harakatga ruxsat yo buyruq bergani mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, deydi siyosatshunos Farhod Tolipov. Kamoliddin Rabbimovga ko‘ra, hech qanaqa dalil ko‘rsatilmagani tufayli Rossiya o‘zi uchun bahona tayyorlab qo‘ygani haqidagi versiya o‘rtaga chiqmoqda. VIDEONI TOMOSHA QILING | 2026-01-01 16:33:12 | https://t.me/kunuz/93412 |
Taksichilarning soliq to‘lashi borasida izoh berildi O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun daromad solig‘idan ozod etish tarzidagi imtiyoz yakuniga yetdi. 1 yanvardan e’tiboran ular aylanmadan 1 foiz soliqqa tortiladi. Soliq qo‘mitasi bu yangilikning taksichilar uchun o‘ziga xosliklari haqida ma’lumot berdi. | 2026-01-01 16:04:58 | https://t.me/kunuz/93411 |
Yangi O‘zbekiston universitetining kampusi 200 mln dollarga baholanmoqda 2021-yilda tashkil etilgan universitetning Yangi Toshkentda qurilayotgan kampusi 10 ming talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, 50 gektar maydonni qamrab oladi. Pudratchi Turkiyaning Özgüven kompaniyasi. Majmua 2027-yilda foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Yangi O‘zbekiston universiteti yonida O‘zbekiston Milliy kutubxonasining yangi binosi ham qurilyapti. | 2026-01-01 15:30:46 | https://t.me/kunuz/93410 |
Tuman hokimlari kengash raisi lavozimidan ketdi 29-30-dekabr kunlari O‘zbekistondagi barcha tuman shaharlarda deputatlar orasidan mahalliy kengashga rais saylandi va 1 yanvardan boshlab hokimlar kengash raisi vakolatini topshirdi. Shu tariqa, 2024-yilda viloyatlar va Toshkent shahrida joriy etilgan hokimiyatning bo‘linish prinsipi tumanlar darajasida ham rasman qaror topdi. Yangi saylangan kengash raislaridan 15 foizi ayollar. 5 nafari esa oliy ma’lumotga ega emasligi bilan ajralib turadi. | 2026-01-01 14:46:44 | https://t.me/kunuz/93409 |
2026-yilning ilk kunida eng ko‘p tug‘ilish Farg‘onada qayd etildi Yilning dastlabki 17 soatida O‘zbekiston bo‘ylab jami 1094 nafar bola dunyoga keldi. Ulardan 555 nafari qiz, 539 nafari o‘g‘il. Tug‘ilganlar orasida jami 34 nafar egiz bolalar ham bor. Xususan, bir holatda 3 homilali, yana bir holatda 4 homilali egizaklar tug‘ildi. | 2026-01-01 14:05:48 | https://t.me/kunuz/93408 |
Farg‘onada qo‘lbola salyut otganlar javobgarlikka tortildi Yangi yil kechasi O‘zbekiston tumanida bir guruh erkaklar qo‘lbola usulda yasalgan pirotexnika vositalarini qo‘lladi. Farg‘ona viloyati IIBga ko‘ra, ular javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, Qo‘qonda tartibsizlik ro‘y bermagani, odamlar yo‘lning qatnov qismida mushakbozlik uyushtirmoqchi bo‘lgani ma’lum qilindi. | 2026-01-01 13:16:45 | https://t.me/kunuz/93407 |
Shveytsariyadagi kurortda portlash o‘nlab insonlar vafot etgani aytilmoqda 1 yanvarga o‘tar kechasi Alp tog‘larida joylashgan kurort shaharchadagi barda portlash va uning ortidan yong‘in yuz berdi. Politsiya 40ga yaqin qurbonlar borligini taxmin qilmoqda. Qariyb 100 kishi jarohatlangan, ularning aksariyati og‘ir ahvolda. | 2026-01-01 12:44:59 | https://t.me/kunuz/93406 |
Finlyandiya politsiyasi Boltiq dengizida Rossiyadan kelayotgan kemani qo‘lga oldi Sankt-Peterburg portidan Isroilga yo‘l olgan yuk kemasi Boltiq dengizidagi suv osti kabellariga qasddan zarar yetkazishda gumonlanmoqda. | 2026-01-01 12:02:57 | https://t.me/kunuz/93405 |
Ukrainadagi urush Rossiya maqsadlaridan chekinyaptimi? Urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar davom etarkan, ayrim tahlilchilar fikricha, ham frontdagi, ham iqtisodiyotdagi vaziyat bir bo‘lib Rossiyani bir qator ambitsiyalaridan voz kechishga majbur qilmoqda. Lekin bu mulohazaga qarshi fikrlar ham bor. Ayni mavzu Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida bahsni keltirib chiqardi. VIDEONI TOMOSHA QILING | 2026-01-01 11:02:05 | https://t.me/kunuz/93404 |
Sirdaryo va Jizzaxda YHX patrul avtomobillari piyodalarni urib yubordi. Bir kishi vafot etdi 31 dekabr tongida 38 yoshli ayol Guliston shahar bozori yaqinida yo‘lning piyodalar uchun mo‘ljallanmagan qismidan kesib o‘tayotganda YHX xodimi Lacetti rusumli xizmat mashinasida urib yuborgan. Ayol vafot etgan. Shu kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumanida yana bir IIB xodimi e’tiborsizligi oqibatida xizmat avtomobilida piyodani urib yuborib, uning jarohat olishiga sababchi bo‘lgan. | 2026-01-01 10:15:52 | https://t.me/kunuz/93403 |
2025-yilgi inflyatsiya qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi? Yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda inflatsiya 7,3 foizga tushdi, deya ma’lum qildi Statistika qo‘mitasi. Yil davomida suyaksiz mol go‘shti 25 foizga, kungaboqar yog‘i 12,7 foizga, pomidor 25 foizga qimmatladi. Guruch, tuxum, shakar va un esa arzonlashdi. Sitrus mevalar narxi keskin oshdi. Tarmoq gaz 39 foiz, sovuq suv 35 foiz, metan 30 foiz, benzin 12 foizga qimmatlashdi propan 10,5 foizga arzonlashdi. Aviachiptalar narxi 22 foizga ko‘tarildi. Tibbiy xizmatlar bahosi 6-8 foizga oshdi. | 2026-01-01 09:37:05 | https://t.me/kunuz/93402 |
Zohran Mamdani Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi 34 yoshli Mamdani AQShning moliyaviy markazi hisoblangan Nyu-Yorkning eng yosh, musulmon va afrikalik ilk meri bo‘ldi. U payshanbaga o‘tar kechasi Manxettendagi City Hall metro bekatida lavozimga kirish uchun qasamyod qildi. | 2026-01-01 08:41:18 | https://t.me/kunuz/93401 |
YTTB Asakabankning 15 foiz aksiyasini sotib oladi O‘zbekiston hukumati hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Asakabankning 15 foizini xususiylashtirish bo‘yicha asosiy shartlarni kelishib oldi. Tranzaksion va boshqa talablar bajarilgach, YTTB 2026-yilda aksiyadorga aylanadi. Kelishuv qiymati hozircha ochiqlanmadi. | 2026-01-01 08:00:26 | https://t.me/kunuz/93400 |
Fuqarolar o‘zlari to‘lagan ayrim soliqlar qayerga ishlatilganini ko‘rishi mumkin bo‘ldi Endilikda fuqarolar Openbudget.uz saytiga kirgan holda, o‘zlari to‘lagan daromad, yer va mulk soliqlari bo‘yicha xarajatlar tarkibini ko‘rishi mumkin. Bu uchta soliq tushumlari hisobidan xarajatlar 70 ga yaqin yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. | 2026-01-01 07:14:07 | https://t.me/kunuz/93399 |
“70 yoshda farzandli bo‘lishning gashti boshqacha ekan” 7 qizdan keyin o‘g‘il ko‘rgan ota Oramizda “Yetmishvoylar” hali ham bor ekan. 70 yoshni qoralagan Ma’mur ota O‘rinboyev 7 qizdan keyin o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Qahramonimiz odamlarning uyida o‘choq, tandir yasaydi, ustachilik bilan shug‘ullanadi. “Bir etak qizdan keyin Alloh meni ham o‘g‘il farzand bilan siyladi. Shu yoshda buning gashti boshqacha bo‘lar ekan. Yosharib ketgandekman. Ishdan qaytishda har kuni o‘g‘ilchamga do‘kondan “paspers” sotib olaman. O‘g‘limning kulganini ko‘rib charchoqlarim chiqib ketadi”, deydi u sevinib. TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING | 2026-01-01 05:07:17 | https://t.me/kunuz/93398 |
Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni yangi yil bilan tabrikladi Davlat rahbari ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini yangi 2026 yil bilan qutladi, o‘tayotgan yil mamlakat uchun katta o‘zgarishlar davri, qutli va barakali bo‘lganini va kelgusi yilda bundan ham katta marralarga yetish maqsad qilinganini ta’kidladi. | 2025-12-31 19:09:30 | https://t.me/kunuz/93397 |
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati uzaytirildi Yangi farmonga ko‘ra, ichki iste’mol bozoridagi ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar importiga nisbatan bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati 2027 yil 1 yanvariga qadar uzaytirildi. Ro‘yxatda qoramol va qo‘y go‘shti, baliq, shakar, sariyog‘ va sutdan tayyorlangan moylar va yog‘lar, parranda tuxumlari, banan, sitrus mevalari, qahva, choy, hayvon va o‘simlik yog‘lari va moylari va boshqa ko‘plab mahsulotlar bor. | 2025-12-31 16:05:25 | https://t.me/kunuz/93396 |
Tramp qaytdi, Eron va Isroil urushdi, Mask chinovnik. Yil yakunlari Yil davomida G‘azoda minglab tinch aholini o‘ldirgan urush tugadi, Oq uyda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan janjal bo‘ldi, Eron va Isroil ilk marta urushdi. VIDEONI TOMOSHA QILING | 2025-12-31 15:05:22 | https://t.me/kunuz/93395 |
Ishga tushadigan “eskrou”, tibbiyot xodimlariga imtiyoz va boshlanadigan “eko-stiker”lar davri 1 yanvardan nimalar o‘zgaradi? Kun.uz sayti o‘z an’anasiga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi. | 2025-12-31 14:34:55 | https://t.me/kunuz/93394 |
FBK Putinning yana bir “saroyi”ni topdi - qo‘shib olingan Qrimda Vladimir Putin qo‘shib olingan Qrim yarimorolida saroyga ega. Ilgari bu rezidensiya Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichga tegishli bo‘lgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi FBK e’lon qilgan videorolikda aytiladi. | 2025-12-31 13:05:18 | https://t.me/kunuz/93393 |
Yil yakunida telegram-kanallar 2025 yilgi statistikasini ulashmoqda Unda yillik ko‘rishlar, obunachilar o‘sishi va repostlar haqida aniq ma’lumotlar aks etadi. Bunday statistikani qanday olish mumkin? Bu jarayondagi barcha bosqichlar “Kun.uz Texnologiya” kanalining mana shu postida sodda qilib tushuntirilgan. | 2025-12-31 12:39:01 | https://t.me/kunuz/93392 |
Tashiyev Xitoy kompaniyasi ishchilaridan qirg‘iz tilini o‘rganishni talab qildi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari mamlakatda qariyb 20 yildan buyon ishlayotgan China Road kompaniyasi xodimlari haligacha mahalliy tilni o‘rganmaganidan hayron bo‘lgan. | 2025-12-31 12:05:27 | https://t.me/kunuz/93391 |
Ekologiya, mediamakon va diplomatiya. 2025 yilgi O‘zbekiston faollar nigohida Ortda qolgan yilning eng trenddagi mavzusi ekologik muammolarning ildizi aslida ancha chuqurda, deydi professor Sherzodxon Qudratxo‘ja. Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovga ko‘ra, davlat rahbari bu yil mustaqil O‘zbekiston tarixida rekord darajada ko‘p xorijiy safarlarga chiqqan. Media sohasi eksperti Beruniy Alimov esa so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyatni barqaror deb baholadi. VIDЕONI TOMOSHA QILING | 2025-12-31 11:04:01 | https://t.me/kunuz/93390 |
O‘zbekgidroenergo AJga Sanginovning o‘g‘li yangi rahbar bo‘ldi Abdug‘ani Sanginov O‘zbekneftgaz AJ rahbari lavozimiga o‘tgach, O‘zbekgidroenergo AJ rahbariligida bo‘sh qolgan o‘rnini uning o‘g‘li Islom Abdurahmonov egalladi. | 2025-12-31 10:35:01 | https://t.me/kunuz/93389 |
2025-yil suratlarda urushlar, namoyishlar va halokatlar Yakunlanayotgan yil ham jahon miqyosida suronli voqealarga boy o‘tdi. Quyida yilning asosiy voqealari aks etgan suratlar jamlangan. | 2025-12-31 10:02:35 | https://t.me/kunuz/93386 |
Yil yakunlari O‘zbekiston 2025 yilni qanday o‘tkazdi? 365 ta bekatni bosib o‘tgan 2025 yil poyezdi o‘tmish qa’riga yo‘l olish fursatini kutyapti. Kun.uz esa o‘z an’anasiga binoan, bu yil O‘zbekistonimiz solnomasida qanday iz qoldirganiga nazar tashlaydi. Yilnomaga eng salmoqli mavzularni tanlab oldik. Siyosiy sahnadagi o‘zgarishlardan tortib, iqtisodiy shart-sharoitlargacha, eng shov-shuvli voqealardan tortib, erishilgan yutuqlar va yechimini kutayotgan masalalargacha qisqa va lo‘nda qamrab olishga harakat qilamiz VIDЕOSHARHNI TOMOSHA QILING | 2025-12-31 08:02:09 | https://t.me/kunuz/93385 |
OTMlarda kontrakt to‘lovini to‘lash muddati uzaytirildi O‘zbekistonda OTMlarning bakalavriat va magistratura talabalari uchun kontrakt to‘lovlarni amalga oshirish muddati 31-yanvarga qadar uzaytirildi. | 2025-12-31 07:32:38 | https://t.me/kunuz/93384 |
JSTga kirish tarkibiy transformatsiya Hukumatning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish borasida qo‘yayotgan dadil qadamlari tushunarli kechikyapmiz. Biroq jamoatchilik orasida bu jarayonning oqibatlari borasida turlicha qarashlar yangrashi davom etmoqda kimdir buni narxlar tushishi va farovonlik manbayi sifatida ko‘rsa, boshqalar mahalliy ishlab chiqarishning inqirozi sifatida baholamoqda. | 2025-12-31 07:05:47 | https://t.me/kunuz/93383 |
Arsenal Villaga 4 ta gol urdi, MY autsayderni yengolmadi Yevropaning aksar chempionatlari tanaffusga chiqqan mahalda, APLda navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda. | 2025-12-31 06:51:03 | https://t.me/kunuz/93382 |
Germaniya tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik bankdan 90 mln yevro o‘marildi Germaniya g‘arbidagi Gelzenkirxen shahrida noma’lum shaxslar bank omborxonasi devorini teshib kirib, taxminan 3200 ta seyf-yacheykani buzib ochgan. Zarar 90 mln yevrogacha yetishi mumkin. Bu - GFR tarixida bankdagi eng yirik o‘g‘riliklardan biri. | 2025-12-31 05:40:17 | https://t.me/kunuz/93381 |
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori vazir o‘rinbosari etib tayinlandi Prezident qarori bilan O‘ktam Salomov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori sifatida faoliyat yuritgan. | 2025-12-31 05:10:17 | https://t.me/kunuz/93380 |
Qadimgi dunyodan yangi davrgacha hal bo‘lmagan 5 ta tarixiy jumboq Zamonaviy ilmiy usullar o‘tmishni o‘rganishni tubdan o‘zgartirdi tadqiqotchilar qadimgi suyaklardan DNK ajratib olishni, zich jungli qoplamasi ostida ko‘milgan shaharlarni aniqlashni va muhrlangan artefaktlarni ochmasdan turib ularning ichiga “qarash”ni o‘rgandi. Shunga qaramay, bir qator tarixiy sirlar hali ham hal etilmagan holda qolmoqda. | 2025-12-31 04:34:01 | https://t.me/kunuz/93379 |
Bir yil ichida dollarda milliarderga aylanganlar soni qariyb 300 kishiga oshdi Tarmoqlar bo‘yicha eng katta o‘sish ishlab chiqarish sohasida qayd etildi - ushbi sektorda milliarderlar boyligi 27,1 foizga oshib, 1,7 trillion dollarga yetgan. IT sohasida aktivlar 3 trillion dollarga 23,8 foiz, moliya sektorida 2,3 trillion dollarga 17 foiz, iste’mol tovarlari va chakana savdoda esa 3,1 trillion dollarga 5,3 foiz oshgan. | 2025-12-31 02:59:58 | https://t.me/kunuz/93378 |
Yil yakunida axborot urushi Rossiya Putin qarorgohiga zarba berilganini aytmoqda Kalendar yili tugashi arafasida Rossiya va Ukraina urushida yangi intriga paydo bo‘ldi. Rossiya tomoni Ukraina Putinning Valdaydagi qarorgohiga hujum qilishga uringani haqida bayonot berdi. | 2025-12-30 18:46:40 | https://t.me/kunuz/93377 |
Nodirbek Abdusattorov Blits bo‘yicha jahon chempionatida ikkinchi bo‘ldi O‘zbekistonlik shaxmatchi finalda blits bo‘yicha jahon chempionatlari rekordchisi Magnus Karlsenga yutqazdi. | 2025-12-30 18:01:08 | https://t.me/kunuz/93376 |
B-2'lar yoqilg‘isini bekorga sarflashni xohlamaymiz Tramp va Netanyahu yil oxirida nimalarni gaplashdi? Donald Tramp Floridadagi qarorgohida Binyamin Netanyahu bilan G‘azo, Eron va Suriya masalalarini muhokama qildi. Uchrashuvdan keyingi chiqishida AQSh yetakchisi Eron va Hamasga tahdid qildi. | 2025-12-30 17:39:58 | https://t.me/kunuz/93375 |
Pulli obunalardan qanday foydalanish va pul tejash mumkin? To‘lov ilovalari pul o‘tkazish, ijara va kommunal to‘lovlarni amalga oshirishning asosiy usuliga aylandi. P2P o‘tkazmalar uchun komissiya odatda 1 ni tashkil qiladi va oyiga 57 million so‘m miqdoridagi o‘tkazmalarda faqat komissiyaning o‘zi 70 000 so‘mgacha ortiqcha xarajat keltirib chiqaradi. | 2025-12-30 17:09:58 | https://t.me/kunuz/93374 |
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan Saudiya boshchiligidagi koalitsiya kuchlari seshanba kuni Yamandagi Mukalla portiga havo zarbalari berdi. Qirollikka ko‘ra, ushbu portga Janubiy O‘tish Kengashi kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun BAAning Fujayra shahridan ikkita kemada qurol-yarog‘ olib kelingan. | 2025-12-30 16:39:01 | https://t.me/kunuz/93373 |
Yil yakuni 2025 yil O‘zbekiston iqtisodiyotidagi asosiy tendensiyalar Oltin 1979 yildan keyingi eng katta yillik narx oshishiga erishdi va bu O‘zbekiston iqtisodiy hayotining joriy yilgi mundarijasini belgilab berdi. Xususan, so‘m dollarga nisbatan hayratlanarli darajada mustahkamlandi. Shuningdek, 2025 yil 1 may sanasi yangi proteksionistik choralar bilan tarixga kirdi utilyig‘im karrasiga qimmatlashdi, bojsiz tovar olib kirish limiti kamaydi. | 2025-12-30 15:59:58 | https://t.me/kunuz/93372 |
Kreml Putin qarorgohiga hujum yuzasidan dalil keltirmayapti RF mudofaa vazirligi harbiy ma’lumotni rasmiy versiyaga moslashtirmoqda Lavrov 91 ta dron bilan hujum qilinganini aytgandi, vazirlikning o‘sha kungi bayonotida Valday joylashgan Novgorod oblasti hududida 18 ta dron urib tushirilgani ma’lum qilingandi. Mahalliy aholi esa dronlar ovozi va havo hujumidan himoya vositalari ishga tushganidan keyin bo‘ladigan portlash ovozlarini eshitmagan. Mahalliy pabliklarda ham hujum oqibatlari aks etgan kadrlar chiqmadi. Peskov esa bunga qandaydir dalil shart emasligini aytdi va aslida amalga oshirilgani gumon ostida bo‘lgan hujumni terakt deb baholab, harbiylar javob qaytarishini qo‘shimcha qildi. | 2025-12-30 15:09:33 | https://t.me/kunuz/93370 |
Surxondaryo viloyatining yana ikki tumaniga yangi hokim tayinlandi Oltinsoy tumani hokimi Bahrom Mahmatrayimov Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga o‘tdi, uning o‘rniga Otabek Mavlonov tumanning yangi hokimiga aylandi. Denov tumanida esa noyabr oyida prezident yig‘ilishida ishdan olingan Ilhom Abrorov o‘rnida Qumqo‘rg‘on tumani sobiq hokimi Anvar Normamatov ish boshladi. | 2025-12-30 14:40:30 | https://t.me/kunuz/93369 |
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berish to‘xtatildi 30 dekabrdan boshlab AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Diversity Visa dasturi bo‘yicha vizalar berilishi to‘xtatilganini e’lon qildi. DV dasturi murojaatchilari vizaga ariza topshirishlari va suhbatdan o‘tishlari mumkin, AQSh Davlat departamenti o‘z navbatida suhbat sanasini belgilashda davom etadi, biroq DV vizalari berilmaydi, deyiladi elchixona bayonotida. | 2025-12-30 13:29:58 | https://t.me/kunuz/93368 |
Prezident topshirig‘i bilan 8 ming nafardan ortiq bolaga 500 dollarlik omonat hisobraqamlar ochildi 17 yoshgacha bo‘lgan 8 ming nafardan ortiq yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun omonat depozit hisobraqamlari ochilib, har biriga davlat tomonidan 500 dollardan mablag‘ joylashtirildi. Ushbu mablag‘lar yildan yilga kapitalizatsiya hisobiga jamg‘arilib boradi. Bola 18 yoshga to‘lgach, undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. | 2025-12-30 13:18:00 | https://t.me/kunuz/93367 |
6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi. | 2025-12-30 12:59:01 | https://t.me/kunuz/93366 |
Putin qarorgohiga dronlar hujumi, Trampning Eron va Hamasga tahdidi va Yamandagi portni bombardimon qilgan Saudiya kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz. | 2025-12-30 12:19:42 | https://t.me/kunuz/93365 |
Anvar Normamatov Qumqo‘rg‘on tumani hokimligidan ketdi Tumanga 2022-yil yozidan buyon rahbarlik qilib kelgan Anvar Normamatov bir necha bor OAV nigohiga tushgan. Xususan, yaqinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarning birida gaz yo‘qligini aytib, aholiga tezak yoqishni maslahat bergandi. Endi viloyat hokimligi u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilganini ma’lum qilmoqda. Uning o‘rnini Denov tumani prokurori Farrux Xoliqov egalladi. | 2025-12-30 12:02:02 | https://t.me/kunuz/93363 |
Germaniyada Usmonovga qarshi ochilgan ikkinchi tergov ham to‘xtatildi Rossiyalik milliarderga qarshi sanksiyalarni buzish gumoni bilan tergov olib borilayotgandi. Prokuratura uni obektlarni qo‘riqlash xizmatlari uchun pul to‘lashda gumon qilgandi. Usmonovning advokatlari esa uning ushbu kompaniyalar va mol-mulk bilan aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi va ish yopildi. | 2025-12-30 11:20:46 | https://t.me/kunuz/93362 |
Rossiya benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni to‘rtinchi marta uzaytirdi Rossiya avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2026 yilning 28 fevraligacha uzaytirdi. Ushbu taqiq Ukrainaning Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlari ortidan 2024 yilning avgust oyida joriy qilingandi. Shundan keyin kiritilgan cheklovlarning amal qilish muddati 4 marta uzaytirildi. | 2025-12-30 10:39:58 | https://t.me/kunuz/93361 |
Termiz tumaniga yangi hokim tayinlandi Tumanning asli soliqchi bo‘lgan hokimi Shuhrat Nazarov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan vazifasidan ozod etildi va uning o‘rniga boshqa soliqchi-hokim Shuhrat Qalandarov tayinlandi. | 2025-12-30 10:05:20 | https://t.me/kunuz/93360 |
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinishni qoraladi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Rossiya prezidentining Nijniy Novgorod viloyatidagi qarorgohiga hujum qilishga urinishni qat’iy qoraladi. | 2025-12-30 09:48:30 | https://t.me/kunuz/93359 |
Sirdaryoda mashina kanalga tushib ketishi oqibatida 4 yigit halok bo‘ldi YTHda faqat mashina haydovchisi tirik qolgan va shifoxonaga yotqizilgan. Unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 4 yigit esa mashinadan chiqib keta olmasdan, suvga cho‘kib, vafot etgan. | 2025-12-30 09:02:00 | https://t.me/kunuz/93358 |
31-dekabrdan 4-yanvargacha Poytaxt Parking to‘xtash joylari bepul bo‘ladi Yangi yil munosabati bilan Poytaxt Parking tarmog‘iga qarashli avtoturargohlar 31-dekabrdan 4-yanvargacha bepul xizmat ko‘rsatadi. Haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish va xavfsizlik choralarini unutmaslik so‘raldi. | 2025-12-30 07:35:18 | https://t.me/kunuz/93356 |
O‘zbekiston 2025-yilni qanday o‘tkazdi? Bu yil ham jamoatchilik e’tibor markazida turgan voqealarga yetarlicha boy bo‘ldi. Ijtimoiy-siyosiy sohadagi o‘zgarishlar, qonun ustuvorligi hamda so‘z erkinligi borasida hozirgacha aniq javobsiz qolayotgan savollar bisyor. Bugun Kun.uz jonli efirida ortda qolayotgan yilga nazar tashlab, faktlar, raqamlar va voqealar orqali bir yil davomida yuz bergan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Telegram'da ko‘rish YouTube'da ko‘rish VKontakte'da ko‘rish | 2025-12-30 07:14:05 | https://t.me/kunuz/93355 |
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi 29 dekabr kuni Balx viloyatining Hayraton shahrida O‘zbekiston rahbariyati nomidan Afg‘oniston xalqiga navbatdagi gumanitar yordam topshirildi. Yuk tarkibi oziq-ovqat, dori-darmon va tibbiy uskunalardan iborat bo‘ldi. | 2025-12-30 07:02:48 | https://t.me/kunuz/93353 |
Lavrov Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qildi Zelenskiy bu navbatdagi yolg‘on va Kiyevga zarbalar berish uchun bahona ekanini ma’lum qildi. Putin 91 ta dron bilan qilingan bunday hujum haqida Trampga aytib bergan. Amerika prezidenti bu yomonligi va hozir buning mavridi emasligini bildirgan. | 2025-12-30 06:04:35 | https://t.me/kunuz/93352 |
Tramp AQSh ilk bor Venesuela hududiga zarba berdi Donald Tramp narkotrafikka qarshi kurashish uchun AQSh Venesuela hududiga zarba berganini ma’lum qildi. Vashingtondagi davlat idoralari ham, Karakasdagi hokimiyat ham bu zarba haqida hech qanday ma’lumot bermagan. | 2025-12-30 05:20:40 | https://t.me/kunuz/93351 |
Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Abdurahmon Baxtiyev tayinlandi. U shu paytga qadar prezident administratsiyasida mas’ul xodim sifatida faoliyat yuritib kelgan. | 2025-12-30 04:40:22 | https://t.me/kunuz/93350 |
Yo‘llardagi hayot narxi O‘zbekistonda yo‘l-transport xavfsizligi haqiqatan yaxshilanyaptimi? So‘nggi yetti yil ichida hukumat yo‘llar va harakat xavfsizligi uchun 61 trillion so‘m mablag‘ sarflagan. Piyodalarni himoya qilish maqsadida yangi tizim va qoidalar ham joriy etildi. Xususan, ko‘plab hududlarda tezlik chegarasi 70 kmsoatdan 60 kmsoatgacha pasaytirildi. Shuningdek, kamera kuzatuvi va nazorat kuchaytirildi. Ushbu sa’y-harakatlar chindan ham odamlar hayotini saqlab qolyaptimi? | 2025-12-30 03:59:53 | https://t.me/kunuz/93349 |
SSV bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi SSV matbuot xizmati ushbu sanalarda mamlakat tibbiyot muassasalari qay tartibda ishlashi, qaysi shifo maskanlarida qanday profilaktik-tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi haqida ma’lumot berdi. | 2025-12-30 03:50:47 | https://t.me/kunuz/93348 |
2025 yildagi top-10 osmono‘par bino Nyu-Yorkdan Shenchjengacha Arxitekturaga bag‘ishlangan dunyodagi yetakchi onlayn-jurnallardan biri - Dezeen jurnalistlari 2025 yildagi eng ahamiyatli o‘nta osmono‘par bino reytingini e’lon qildi. | 2025-12-30 03:09:19 | https://t.me/kunuz/93347 |
2025 yil o‘zbek so‘mi uchun qanday o‘tdi? Joriy yilda so‘m dollarga nisbatan qariyb 6,8 foizga mustahkamlandi. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev milliy valutaning mustahkamlanishiga qanday omillar ta’sir qilganini tahlil qildi. Uning qayd etishicha, so‘m bilan kuzatilgan yana bir o‘ziga xos o‘zgarish so‘m-dollar juftligida koridorning sezilarli kengaygani bo‘ldi. | 2025-12-29 18:19:53 | https://t.me/kunuz/93346 |
Putin Zaporojiye shahrini egallash uchun hujumni davom ettirishni buyurdi Rossiya qo‘shinlari Zaporojiye shahridan taxminan 15 km uzoqlikda joylashgani ta’kidlanmoqda. Urushdan oldin bu shaharda 700 ming aholi istiqomat qilgan. | 2025-12-29 17:49:53 | https://t.me/kunuz/93345 |
30 dekabrdan barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimida ishlaydi Energetika vazirligi Soat 900 dan boshlab, barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimida faoliyat yuritadi. | 2025-12-29 17:14:34 | https://t.me/kunuz/93344 |
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi Qozog‘iston Majlisi deputati Yermurat Bapi davlat siridan xabardor bo‘lgan sobiq yuqori martabali amaldorlarning chet elga chiqishini qonuniy cheklashni taklif qildi. U bunday shaxslar qatorida Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevni ham tilga oldi. Tashabbusga Nazarboyevning yaqinda Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashuvi sabab bo‘lgan. Deputatning fikricha, bunday safarlar milliy xavfsizlikka tahdid qilishi mumkin. | 2025-12-29 16:59:53 | https://t.me/kunuz/93343 |
Yanvar oyi pensiya to‘lovlari 5-yanvarda bank kartalariga yuklanadi Pensiya jamg‘armasi yanvar oyi pensiya to‘lovlari muddati haqida xabar berdi. | 2025-12-29 16:36:01 | https://t.me/kunuz/93342 |
1-yanvardan oilaviy poliklinikalarda tibbiy xizmatlar pulli bo‘lishi haqidagi xabarlar rad etildi Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 31 dekabriga qadar DMED axborot tizimiga biriktirish uchun fuqarolar poliklinikalarga pasport va metirkalar bilan murojaat qilish lozimligi, aks holda tibbiy xizmat pulli asosda ko‘rsatilishi haqida xabarlar tarqaldi. | 2025-12-29 16:25:01 | https://t.me/kunuz/93341 |
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi U o‘tirgan avtomobil harakatsiz yuk mashinasi bilan to‘qnashgan, oqibatda kamida ikki kishi halok bo‘lgan. Joshuaning hayotiga hech narsa xavf solmayotgani ma’lum qilindi. | 2025-12-29 15:54:53 | https://t.me/kunuz/93338 |
Tayvan - Xitoy biqinidagi porox bochkasi Bir necha o‘n yillardan beri Tayvan bo‘g‘ozi Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi potensial keskinlik nuqtasi bo‘lib keladi. G‘arbiy Tinch okeanining boshqa hech bir joyida Pekin va Vashington manfaatlari to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashmaydi. Nima uchun ikki mamlakat raqobatida mazkur orol muhim geostrategik ahamiyat kasb etadi? | 2025-12-29 15:14:53 | https://t.me/kunuz/93337 |
Turkmanistonda Do‘zax darvozasi olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda Darvoza qishlog‘i yaqinidagi tabiiy gaz krateri 60 yildan buyon yonyapti. Turkmaniston prezidenti uni o‘chirishni bir necha bor talab qilgan edi. | 2025-12-29 14:39:53 | https://t.me/kunuz/93336 |
“Gospitalga borish uchun qo‘limda granata portlatdim” Rossiya armiyasiga yollangan shaxs qamaldi Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida yashovchi 38 yoshli erkak Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etgani uchun ozodlikdan mahrum qilindi. Pul topish uchun Novosibirsk shahriga borib, tegishli hujjatlarsiz ishlab yurgan erkak qo‘lga olingan va urushga yuborilgan. U frontda ataylab o‘z qo‘lida granata portlatgan. So‘ngra gospitaldan qochib, O‘zbekistonga qaytgan. | 2025-12-29 14:09:53 | https://t.me/kunuz/93335 |
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi Yalova shahrida Turkiya politsiyasi o‘tkazgan terrorizmga qarshi operatsiya otishmaga aylanib ketdi. Rasmiylarga ko‘ra, IShID bilan to‘qnashuvda kamida 6 nafar jangari va uch nafar politsiyachi halok bo‘lgan. | 2025-12-29 13:40:23 | https://t.me/kunuz/93334 |
Eyforiyadan ommaviy sotuvlargacha. Bitcoin bilan nimalar bo‘lyapti? Yil oxiriga kelib Bitcoin keskin arzonlashdi. Xususan, oktyabr boshida kriptoaktiv narxi 126 ming dollardan oshgan bo‘lsa, dekabrga kelib 84 ming dollargacha pasaydi. Bunga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatdi? Yaqin istiqbolda Bitcoin bilan nimalar yuz berishi mumkin? | 2025-12-29 13:04:53 | https://t.me/kunuz/93333 |
Yil yakunlari. O‘zbek futbolidagi 10 muhim voqea 2025-yil o‘zbek futboli uchun e’tiborli voqealarga boy bo‘ldi. So‘nggi o‘n yillik, yangi asr, umuman, futbolimiz tarixida shu paytgacha kuzatilmagan hodisalar birgina yilga siqqanining o‘zi muxlislar uchun esda qolarli davr bo‘lganini ko‘rsatadi. Quyida bu voqealar birma-bir eslab o‘tiladi. | 2025-12-29 12:34:49 | https://t.me/kunuz/93332 |
Dilfuza Uralova hokimlikdan ketdi 2020-yil fevralidan buyon Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga hokimlik qilib kelgan Dilfuza Uralova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rnini Shirin shahrining sobiq hokimi Niyoz Hazratqulov egalladi. | 2025-12-29 12:00:50 | https://t.me/kunuz/93330 |
Trampga va’da bergan Putin, Tayvan atrofida mashg‘ulot boshlagan Xitoy va yana raketalar uchirgan Kim kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz. | 2025-12-29 11:20:18 | https://t.me/kunuz/93329 |
Kun.uz surishtiruvlaridan so‘ng avtomobilni chet elga olib chiqish tartibi o‘zgardi Endilikda avtomobilni boshqarish uchun berilgan ishonchnomada mashinani respublika hududidan olib chiqish huquqi mavjudligi yoki cheklanganlik holati qayd etiladi. So‘nggi paytlarda ishonchnoma orqali O‘zbekistondan mashinalarni olib chiqib, chet elda sotib yuborish holatlari ko‘paygandi. Firibgarlarga qo‘l kelayotgan ushbu huquqiy bo‘shliq hukumat qarori bilan to‘ldirildi. | 2025-12-29 10:59:53 | https://t.me/kunuz/93327 |
2026 yil uchun oldindan band qilish atigi 2 kun qoldi! 31 dekabrda turlarni oldindan band qilishning birinchi bosqichi yakunlanadi. Bu vaqt ichida siz eng mashhur yo‘nalishlar, yuqori sifatli mehmonxonalar va maqbul narxlardan foydalanib, maksimal foyda olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu bosqich tugagandan so‘ng, shartlar qayta ko‘rib chiqiladi va talab yuqori bo‘lgan turlar narxi oshadi. Quyidagi yo‘nalishlar mavjud Antaliya, Alanya, Bodrum, Fethiye, Marmaris, Maldiv orollari, Bali, Vetnam | 2025-12-29 10:39:53 | https://t.me/kunuz/93326 |
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi Dushanba tongida Xitoy Tayvan atrofida Adolat missiyasi2025 yirik harbiy mashg‘ulotlarini boshladi. Harbiylar orolni o‘rab turgan dengiz va havo hududida real o‘q otish mashqlarini o‘tkazadi. Tahlilchilarga ko‘ra, Pekinning harakatlari oddiy tayyorgarlikdan tobora ehtimoliy hujum tayyorgarligiga o‘xshab bormoqda. | 2025-12-29 10:12:30 | https://t.me/kunuz/93325 |
Katta kuchlar, kichik davlatlar va yo‘qolayotgan qoidalar Geosiyosat 2025 yil yakunlanar ekan, dunyo barqarorlik sari emas, aksincha, noaniqlik davriga tobora chuqur kirib bordi. Xalqaro huquq tushunchasi nisbiylashdi. Ukrainadagi urush yakuni ko‘rinib qolgandek, G‘azodagi fojia esa hamon tugamadi, mintaqada Eron va Isroil o‘rtasida urush bo‘lishga ham ulgurdi. Tramp hokimyatga kelgach yirik davlatlar ochiq harbiy to‘qnashuvdan ko‘ra resurslar, ta’sir doirasi va geoiqtisodiy ustunlik uchun kurashni afzal ko‘rmoqda. Markaziy Osiyo esa jipslashuv yo‘lida ildamladi. Geosiyosat dunyoda sodir bo‘lgan yilning eng muhim siyosiy voqealarini ekspertlar ishtirokida tahlil qiladi. Telegram'da ko‘rish YouTube'da ko‘rish VKontakte'da ko‘rish | 2025-12-29 09:24:06 | https://t.me/kunuz/93324 |
O‘zbekistonda yana bir ayol hokim paydo bo‘ldi Dilfuza Qambarova Sirdaryo viloyati Shirin shahri hokimi lavozimiga tayinlandi. O‘zbekistonda tuman va shahar hokimi lavozimidagi ayol rahbarlar soni 6 nafarga yetdi. | 2025-12-29 09:03:55 | https://t.me/kunuz/93322 |
Uychi tumanida ham hokim almashdi 2021-yil dekabridan buyon tumanga hokimlik qilib kelgan Shuhrat Musayev ishdan ketdi. Uning o‘rnini Muzaffar Abdullayev egalladi. | 2025-12-29 08:40:01 | https://t.me/kunuz/93321 |
Hafta davomida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda O‘zgidromet 3031 dekabr kunlari aksariyat hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 31 dekabrda harorat 510 daraja bo‘ladi. 12 yanvar kunlari esa yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi va havo 313 darajani tashkil etadi. 34 yanvardan sovuq havo massalari kirib kelishi mumkin. | 2025-12-29 07:36:01 | https://t.me/kunuz/93320 |
O‘zini distribyutor deb tanitgan Xayrullo Shokirov yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanmoqda Toshkent shahri IIBB ijtimoiy tarmoqlarda Xayrullo Shokirov nomi bilan tanilgan shaxsning faoliyati yuzasidan tergov boshladi. U anor sharbati va boshqa ichimliklardan katta foyda va’da qilib, fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda. | 2025-12-29 07:05:20 | https://t.me/kunuz/93318 |
Yangi yilning birinchi kunlari bahorga ishora go‘yo sinoptiklar quruq bahorni prognoz qilmoqda Yanvarning birinchi o‘n kunligi iliq va quruq o‘tishi kutilmoqda. Hafta boshlaridagi issiq harorat ortidan Turkmaniston orqali janubiy siklonning mintaqaga kirib kelishi, 31 dekabrda yomg‘irli iliq havo bo‘lishi oydinlashmoqda. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan iqlimshunos Erkin Abdulahatov. Telegram'da ko‘rish YouTube'da ko‘rish VKontakte'da ko‘rish | 2025-12-29 06:37:39 | https://t.me/kunuz/93317 |
Poytaxt parking xizmatlari bozorda ustun ta’sirga ega deb topildi Streetpark Systems Poytaxt parking umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanish huquqini beruvchi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etildi. | 2025-12-29 06:30:01 | https://t.me/kunuz/93315 |
Yangi Namangan tumanida yangi hokim ish boshladi Tumanga 2021-yil aprelidan buyon rahbarlik qilgan Jobir Abdullayev ishdan olingan. Uning o‘rnini Hududiy elektr tarmoqlari kompaniyasining Namangan filiali direktori Adham Qoraboyev egalladi. | 2025-12-29 06:12:45 | https://t.me/kunuz/93314 |
Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish 3 baravar oshiriladi Prezidentning “Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unda ilmiy ishlanmalar sonini ko‘paytirish, tijoratlashtirishdan tushadigan mablag‘larni oshirish hamda ilm-fan tizimida yoshlar ulushini kengaytirishga qaratilgan maqsadlar belgilandi. | 2025-12-29 05:33:37 | https://t.me/kunuz/93313 |
Tayvan bo‘g‘ozi atrofida keskinlik Xitoy apreldan beri ilk yirik mashqni o‘tkazadi Xitoyning Just Mission 2025 harbiy mashqlari Tayvan sohillari yaqinidagi beshta akvatoriyada va uning atrofidagi havo makonida 29 dekabr kuni boshlandi. Xitoy tomoni bu chora o‘z suverenitetini himoya qilishga qaratilganini ta’kidlamoqda. | 2025-12-29 05:00:01 | https://t.me/kunuz/93312 |
Donbass masalasi hal bo‘lmadi Tramp va Zelenskiy uchrashuvi natijalari Ukraina prezidentining aytishicha, tinchlik rejasi 90 foizga kelishilgan. AQSh prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Donbassdagi hududlar masalasi hali hal qilinmaganini tan oldi. | 2025-12-29 03:59:58 | https://t.me/kunuz/93311 |
O‘zbekiston ham kirgan ro‘yxat IMEI talab qilinadigan mamlakatlar IMEI - mobil uskunaning xalqaro identifikatori. Infografikada chet eldan sotib olingan mobil telefonlarning IMEI raqamini ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy bo‘lgan davlatlar ko‘rsatilgan. | 2025-12-29 03:31:13 | https://t.me/kunuz/93310 |
Ukrainlarning bayram tilagi, namoz o‘qiyotgan falastinlikka hujum hafta dayjesti Hafta davomida Zelenskiy shov-shuvli tabrik yo‘lladi, Putin Rahmonga hamdardlik bildirdi, Amerika Belarus kelishuvida kulgili tafsilotlar paydo bo‘ldi. Quyida haftaning muhim voqealarini birgalikda eslaymiz. VIDEONI TOMOSHA QILING | 2025-12-28 17:59:58 | https://t.me/kunuz/93309 |
End of preview.
README.md exists but content is empty.
- Downloads last month
- 8