The full dataset viewer is not available (click to read why). Only showing a preview of the rows.
The dataset generation failed because of a cast error
Error code: DatasetGenerationCastError
Exception: DatasetGenerationCastError
Message: An error occurred while generating the dataset
All the data files must have the same columns, but at some point there are 1 new columns ({'timestamp'}) and 1 missing columns ({'date'}).
This happened while the csv dataset builder was generating data using
hf://datasets/shoyim/uz-telegram-sentences/data/sync_1772444352.csv (at revision 9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8), [/tmp/hf-datasets-cache/medium/datasets/50095984438797-config-parquet-and-info-shoyim-uz-telegram-senten-47ffe8c4/hub/datasets--shoyim--uz-telegram-sentences/snapshots/9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/all_sentences.csv (origin=hf://datasets/shoyim/uz-telegram-sentences@9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/all_sentences.csv), /tmp/hf-datasets-cache/medium/datasets/50095984438797-config-parquet-and-info-shoyim-uz-telegram-senten-47ffe8c4/hub/datasets--shoyim--uz-telegram-sentences/snapshots/9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/data/sync_1772444352.csv (origin=hf://datasets/shoyim/uz-telegram-sentences@9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/data/sync_1772444352.csv)]
Please either edit the data files to have matching columns, or separate them into different configurations (see docs at https://hf.co/docs/hub/datasets-manual-configuration#multiple-configurations)
Traceback: Traceback (most recent call last):
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/builder.py", line 1887, in _prepare_split_single
writer.write_table(table)
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/arrow_writer.py", line 675, in write_table
pa_table = table_cast(pa_table, self._schema)
^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/table.py", line 2272, in table_cast
return cast_table_to_schema(table, schema)
^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/table.py", line 2218, in cast_table_to_schema
raise CastError(
datasets.table.CastError: Couldn't cast
text: string
timestamp: int64
source: string
-- schema metadata --
pandas: '{"index_columns": [{"kind": "range", "name": null, "start": 0, "' + 596
to
{'text': Value('string'), 'date': Value('string'), 'source': Value('string')}
because column names don't match
During handling of the above exception, another exception occurred:
Traceback (most recent call last):
File "/src/services/worker/src/worker/job_runners/config/parquet_and_info.py", line 1347, in compute_config_parquet_and_info_response
parquet_operations = convert_to_parquet(builder)
^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^
File "/src/services/worker/src/worker/job_runners/config/parquet_and_info.py", line 980, in convert_to_parquet
builder.download_and_prepare(
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/builder.py", line 884, in download_and_prepare
self._download_and_prepare(
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/builder.py", line 947, in _download_and_prepare
self._prepare_split(split_generator, **prepare_split_kwargs)
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/builder.py", line 1736, in _prepare_split
for job_id, done, content in self._prepare_split_single(
^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^
File "/usr/local/lib/python3.12/site-packages/datasets/builder.py", line 1889, in _prepare_split_single
raise DatasetGenerationCastError.from_cast_error(
datasets.exceptions.DatasetGenerationCastError: An error occurred while generating the dataset
All the data files must have the same columns, but at some point there are 1 new columns ({'timestamp'}) and 1 missing columns ({'date'}).
This happened while the csv dataset builder was generating data using
hf://datasets/shoyim/uz-telegram-sentences/data/sync_1772444352.csv (at revision 9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8), [/tmp/hf-datasets-cache/medium/datasets/50095984438797-config-parquet-and-info-shoyim-uz-telegram-senten-47ffe8c4/hub/datasets--shoyim--uz-telegram-sentences/snapshots/9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/all_sentences.csv (origin=hf://datasets/shoyim/uz-telegram-sentences@9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/all_sentences.csv), /tmp/hf-datasets-cache/medium/datasets/50095984438797-config-parquet-and-info-shoyim-uz-telegram-senten-47ffe8c4/hub/datasets--shoyim--uz-telegram-sentences/snapshots/9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/data/sync_1772444352.csv (origin=hf://datasets/shoyim/uz-telegram-sentences@9cde2a877644001baaf96089b9ff5e3ef5f8f7f8/data/sync_1772444352.csv)]
Please either edit the data files to have matching columns, or separate them into different configurations (see docs at https://hf.co/docs/hub/datasets-manual-configuration#multiple-configurations)Need help to make the dataset viewer work? Make sure to review how to configure the dataset viewer, and open a discussion for direct support.
text string | date string | source string |
|---|---|---|
Toshkentda yerosti yo‘lida telefon olib qochgan shaxs ushlandi U 5 yildan 8 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. | 2026-01-02 09:04:38 | https://t.me/kunuz/93421 |
Denis Kapustin tirik ekani ma’lum bo‘ldi Ukraina razvedkasi Ukraina tomonida jang qiluvchi rossiyaliklar bo‘linmasi komandirining o‘limi maxsus xizmatlar tomonidan sahnalashtirilganini ma’lum qildi. Bu amaliyot orqali RF tomonining uni o‘ldirish bo‘yicha rejasi yo‘qqa chiqarilgan. | 2026-01-02 08:10:13 | https://t.me/kunuz/93420 |
Eronda namoyishlar qurbonlar bor Mamlakatda iqtisodiy vaziyat keskin yomonlashuvi va qimmatchilik tufayli yuzaga kelgan ommaviy norozilik namoyishlari to‘lqini davom etmoqda. Namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tufayli bir necha kishi halok bo‘lgan. | 2026-01-02 08:05:01 | https://t.me/kunuz/93419 |
Xerson oblastining Rossiya tayinlagan gubernatori Ukrainani mehmonxonaga zarba berishda aybladi Rossiya tomoniga ko‘ra, hujum oqibatida 30 ga yaqin kishi halok bo‘lgan. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi esa Xerson oblastidagi mehmonxonaga hujum qilinganini rad etdi. | 2026-01-02 07:35:09 | https://t.me/kunuz/93418 |
O‘zbekistonlik ayollar asosan necha yoshda ona bo‘lmoqda? 2025 yilning yanvarsentabr oylarida O‘zbekistonda 664,6 mingta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Tug‘ilishlar taqsimotida onalarning 2539 yosh guruhi asosiy ulushni tashkil etgan. | 2026-01-02 07:10:13 | https://t.me/kunuz/93417 |
Dronlarga qarshi yangi davr 2025 yilning 5 ta eng kuchli harbiy lazeri 2025 yil holatiga ko‘ra AQSh, Buyuk Britaniya, Isroil, Avstraliya va Xitoy havo hujumidan mudofaa uchun lazer qurollaridan foydalanmoqda. Bu harbiy strategiyada jiddiy siljish va jangovar samaradorlikning oshganini ko‘rsatadi. | 2026-01-02 05:50:55 | https://t.me/kunuz/93416 |
“Maqsadimiz xalq hayotini yaxshilash” Saida Mirziyoyevadan ilk katta intervyu Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasidagi vazifalari, davlat rahbarining shaxsiy sifatlari va ish uslubi haqida to‘xtaldi. Mirziyoyeva shuningdek, administratsiya oldidagi besh ustuvor yo‘nalishni sanadi suv, ta’lim, tibbiyot, biznes ... | 2026-01-02 05:01:33 | https://t.me/kunuz/93415 |
Geosiyosatni belgilayotgan neft dunyo zaxiralari qaysi davlatlarda jamlangan? Neft hali-hamon jahon iqtisodiyotining eng strategik ahamiyatga ega resurslaridan biri bo‘lib qolmoqda. U transport tizimlarini harakatga keltiradi, sanoat ishlab chiqarishining asosini tashkil etadi va geosiyosat hamda savdo oqimlarini shakl... | 2026-01-02 04:40:06 | https://t.me/kunuz/93414 |
Putin qarorgohiga hujum Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina dronlarining Putin qarorgohiga hujumi haqida dalillar olganini da’vo qildi va ularni amerikaliklarga topshirishga va’da berdi. Bir kun avval AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Ukraina shu hafta ... | 2026-01-02 03:59:58 | https://t.me/kunuz/93413 |
Ukraina Zelenskiyning AQShga safari paytida Valdayga hujum qilishdan manfaatdor emasdi tahlilchilar Tramp Putin bilan iliq munosabatda ekanidan kelib chiqsak, Zelenskiy aynan AQShga safari chog‘ida Putinning qarorgohiga hujum qilishdek provokatsion harakatga ruxsat yo buyruq bergani mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, deydi siy... | 2026-01-01 16:33:12 | https://t.me/kunuz/93412 |
Taksichilarning soliq to‘lashi borasida izoh berildi O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun daromad solig‘idan ozod etish tarzidagi imtiyoz yakuniga yetdi. 1 yanvardan e’tiboran ular aylanmadan 1 foiz soliqqa tortiladi. Soliq qo‘mitasi bu yangilikning taksichilar uchun o‘ziga xosliklari haqida ma’lumot berdi. | 2026-01-01 16:04:58 | https://t.me/kunuz/93411 |
Yangi O‘zbekiston universitetining kampusi 200 mln dollarga baholanmoqda 2021-yilda tashkil etilgan universitetning Yangi Toshkentda qurilayotgan kampusi 10 ming talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, 50 gektar maydonni qamrab oladi. Pudratchi Turkiyaning Özgüven kompaniyasi. Majmua 2027-yilda foydalanishga topshirilishi ko‘zd... | 2026-01-01 15:30:46 | https://t.me/kunuz/93410 |
Tuman hokimlari kengash raisi lavozimidan ketdi 29-30-dekabr kunlari O‘zbekistondagi barcha tuman shaharlarda deputatlar orasidan mahalliy kengashga rais saylandi va 1 yanvardan boshlab hokimlar kengash raisi vakolatini topshirdi. Shu tariqa, 2024-yilda viloyatlar va Toshkent shahrida joriy etilgan hokimiyatning bo‘lin... | 2026-01-01 14:46:44 | https://t.me/kunuz/93409 |
2026-yilning ilk kunida eng ko‘p tug‘ilish Farg‘onada qayd etildi Yilning dastlabki 17 soatida O‘zbekiston bo‘ylab jami 1094 nafar bola dunyoga keldi. Ulardan 555 nafari qiz, 539 nafari o‘g‘il. Tug‘ilganlar orasida jami 34 nafar egiz bolalar ham bor. Xususan, bir holatda 3 homilali, yana bir holatda 4 homilali egizakla... | 2026-01-01 14:05:48 | https://t.me/kunuz/93408 |
Farg‘onada qo‘lbola salyut otganlar javobgarlikka tortildi Yangi yil kechasi O‘zbekiston tumanida bir guruh erkaklar qo‘lbola usulda yasalgan pirotexnika vositalarini qo‘lladi. Farg‘ona viloyati IIBga ko‘ra, ular javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, Qo‘qonda tartibsizlik ro‘y bermagani, odamlar yo‘lning qatnov qismida ... | 2026-01-01 13:16:45 | https://t.me/kunuz/93407 |
Shveytsariyadagi kurortda portlash o‘nlab insonlar vafot etgani aytilmoqda 1 yanvarga o‘tar kechasi Alp tog‘larida joylashgan kurort shaharchadagi barda portlash va uning ortidan yong‘in yuz berdi. Politsiya 40ga yaqin qurbonlar borligini taxmin qilmoqda. Qariyb 100 kishi jarohatlangan, ularning aksariyati og‘ir ahvold... | 2026-01-01 12:44:59 | https://t.me/kunuz/93406 |
Finlyandiya politsiyasi Boltiq dengizida Rossiyadan kelayotgan kemani qo‘lga oldi Sankt-Peterburg portidan Isroilga yo‘l olgan yuk kemasi Boltiq dengizidagi suv osti kabellariga qasddan zarar yetkazishda gumonlanmoqda. | 2026-01-01 12:02:57 | https://t.me/kunuz/93405 |
Ukrainadagi urush Rossiya maqsadlaridan chekinyaptimi? Urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar davom etarkan, ayrim tahlilchilar fikricha, ham frontdagi, ham iqtisodiyotdagi vaziyat bir bo‘lib Rossiyani bir qator ambitsiyalaridan voz kechishga majbur qilmoqda. Lekin bu mulohazaga qarshi fikrlar ham bor. Ayni mavzu Kun.... | 2026-01-01 11:02:05 | https://t.me/kunuz/93404 |
Sirdaryo va Jizzaxda YHX patrul avtomobillari piyodalarni urib yubordi. Bir kishi vafot etdi 31 dekabr tongida 38 yoshli ayol Guliston shahar bozori yaqinida yo‘lning piyodalar uchun mo‘ljallanmagan qismidan kesib o‘tayotganda YHX xodimi Lacetti rusumli xizmat mashinasida urib yuborgan. Ayol vafot etgan. Shu kuni Jizza... | 2026-01-01 10:15:52 | https://t.me/kunuz/93403 |
2025-yilgi inflyatsiya qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi? Yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda inflatsiya 7,3 foizga tushdi, deya ma’lum qildi Statistika qo‘mitasi. Yil davomida suyaksiz mol go‘shti 25 foizga, kungaboqar yog‘i 12,7 foizga, pomidor 25 foizga qimmatladi. Guruch, tuxum, shakar va un esa arzonlashdi. Si... | 2026-01-01 09:37:05 | https://t.me/kunuz/93402 |
Zohran Mamdani Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi 34 yoshli Mamdani AQShning moliyaviy markazi hisoblangan Nyu-Yorkning eng yosh, musulmon va afrikalik ilk meri bo‘ldi. U payshanbaga o‘tar kechasi Manxettendagi City Hall metro bekatida lavozimga kirish uchun qasamyod qildi. | 2026-01-01 08:41:18 | https://t.me/kunuz/93401 |
YTTB Asakabankning 15 foiz aksiyasini sotib oladi O‘zbekiston hukumati hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Asakabankning 15 foizini xususiylashtirish bo‘yicha asosiy shartlarni kelishib oldi. Tranzaksion va boshqa talablar bajarilgach, YTTB 2026-yilda aksiyadorga aylanadi. Kelishuv qiymati hozircha ochiqlanmadi... | 2026-01-01 08:00:26 | https://t.me/kunuz/93400 |
Fuqarolar o‘zlari to‘lagan ayrim soliqlar qayerga ishlatilganini ko‘rishi mumkin bo‘ldi Endilikda fuqarolar Openbudget.uz saytiga kirgan holda, o‘zlari to‘lagan daromad, yer va mulk soliqlari bo‘yicha xarajatlar tarkibini ko‘rishi mumkin. Bu uchta soliq tushumlari hisobidan xarajatlar 70 ga yaqin yo‘nalishni o‘z ichiga... | 2026-01-01 07:14:07 | https://t.me/kunuz/93399 |
“70 yoshda farzandli bo‘lishning gashti boshqacha ekan” 7 qizdan keyin o‘g‘il ko‘rgan ota Oramizda “Yetmishvoylar” hali ham bor ekan. 70 yoshni qoralagan Ma’mur ota O‘rinboyev 7 qizdan keyin o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Qahramonimiz odamlarning uyida o‘choq, tandir yasaydi, ustachilik bilan shug‘ullanadi. “Bir etak qizdan ... | 2026-01-01 05:07:17 | https://t.me/kunuz/93398 |
Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni yangi yil bilan tabrikladi Davlat rahbari ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini yangi 2026 yil bilan qutladi, o‘tayotgan yil mamlakat uchun katta o‘zgarishlar davri, qutli va barakali bo‘lganini va kelgusi yilda bundan ham katta marralarga yetish maqsad qilinganini ta’kidladi. | 2025-12-31 19:09:30 | https://t.me/kunuz/93397 |
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati uzaytirildi Yangi farmonga ko‘ra, ichki iste’mol bozoridagi ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar importiga nisbatan bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati 2027 yil 1 yanvariga qadar uzaytirildi. Ro‘yxatda qoramol va qo‘y go... | 2025-12-31 16:05:25 | https://t.me/kunuz/93396 |
Tramp qaytdi, Eron va Isroil urushdi, Mask chinovnik. Yil yakunlari Yil davomida G‘azoda minglab tinch aholini o‘ldirgan urush tugadi, Oq uyda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan janjal bo‘ldi, Eron va Isroil ilk marta urushdi. VIDEONI TOMOSHA QILING | 2025-12-31 15:05:22 | https://t.me/kunuz/93395 |
Ishga tushadigan “eskrou”, tibbiyot xodimlariga imtiyoz va boshlanadigan “eko-stiker”lar davri 1 yanvardan nimalar o‘zgaradi? Kun.uz sayti o‘z an’anasiga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi. | 2025-12-31 14:34:55 | https://t.me/kunuz/93394 |
FBK Putinning yana bir “saroyi”ni topdi - qo‘shib olingan Qrimda Vladimir Putin qo‘shib olingan Qrim yarimorolida saroyga ega. Ilgari bu rezidensiya Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichga tegishli bo‘lgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi FBK e’lon qilgan videorolikda aytiladi. | 2025-12-31 13:05:18 | https://t.me/kunuz/93393 |
Yil yakunida telegram-kanallar 2025 yilgi statistikasini ulashmoqda Unda yillik ko‘rishlar, obunachilar o‘sishi va repostlar haqida aniq ma’lumotlar aks etadi. Bunday statistikani qanday olish mumkin? Bu jarayondagi barcha bosqichlar “Kun.uz Texnologiya” kanalining mana shu postida sodda qilib tushuntirilgan. | 2025-12-31 12:39:01 | https://t.me/kunuz/93392 |
Tashiyev Xitoy kompaniyasi ishchilaridan qirg‘iz tilini o‘rganishni talab qildi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari mamlakatda qariyb 20 yildan buyon ishlayotgan China Road kompaniyasi xodimlari haligacha mahalliy tilni o‘rganmaganidan hayron bo‘lgan. | 2025-12-31 12:05:27 | https://t.me/kunuz/93391 |
Ekologiya, mediamakon va diplomatiya. 2025 yilgi O‘zbekiston faollar nigohida Ortda qolgan yilning eng trenddagi mavzusi ekologik muammolarning ildizi aslida ancha chuqurda, deydi professor Sherzodxon Qudratxo‘ja. Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovga ko‘ra, davlat rahbari bu yil mustaqil O‘zbekiston tarixida rekord dara... | 2025-12-31 11:04:01 | https://t.me/kunuz/93390 |
O‘zbekgidroenergo AJga Sanginovning o‘g‘li yangi rahbar bo‘ldi Abdug‘ani Sanginov O‘zbekneftgaz AJ rahbari lavozimiga o‘tgach, O‘zbekgidroenergo AJ rahbariligida bo‘sh qolgan o‘rnini uning o‘g‘li Islom Abdurahmonov egalladi. | 2025-12-31 10:35:01 | https://t.me/kunuz/93389 |
2025-yil suratlarda urushlar, namoyishlar va halokatlar Yakunlanayotgan yil ham jahon miqyosida suronli voqealarga boy o‘tdi. Quyida yilning asosiy voqealari aks etgan suratlar jamlangan. | 2025-12-31 10:02:35 | https://t.me/kunuz/93386 |
Yil yakunlari O‘zbekiston 2025 yilni qanday o‘tkazdi? 365 ta bekatni bosib o‘tgan 2025 yil poyezdi o‘tmish qa’riga yo‘l olish fursatini kutyapti. Kun.uz esa o‘z an’anasiga binoan, bu yil O‘zbekistonimiz solnomasida qanday iz qoldirganiga nazar tashlaydi. Yilnomaga eng salmoqli mavzularni tanlab oldik. Siyosiy sahnadagi... | 2025-12-31 08:02:09 | https://t.me/kunuz/93385 |
OTMlarda kontrakt to‘lovini to‘lash muddati uzaytirildi O‘zbekistonda OTMlarning bakalavriat va magistratura talabalari uchun kontrakt to‘lovlarni amalga oshirish muddati 31-yanvarga qadar uzaytirildi. | 2025-12-31 07:32:38 | https://t.me/kunuz/93384 |
JSTga kirish tarkibiy transformatsiya Hukumatning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish borasida qo‘yayotgan dadil qadamlari tushunarli kechikyapmiz. Biroq jamoatchilik orasida bu jarayonning oqibatlari borasida turlicha qarashlar yangrashi davom etmoqda kimdir buni narxlar tushishi va farovonlik manbayi sifatida ko‘rs... | 2025-12-31 07:05:47 | https://t.me/kunuz/93383 |
Arsenal Villaga 4 ta gol urdi, MY autsayderni yengolmadi Yevropaning aksar chempionatlari tanaffusga chiqqan mahalda, APLda navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda. | 2025-12-31 06:51:03 | https://t.me/kunuz/93382 |
Germaniya tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik bankdan 90 mln yevro o‘marildi Germaniya g‘arbidagi Gelzenkirxen shahrida noma’lum shaxslar bank omborxonasi devorini teshib kirib, taxminan 3200 ta seyf-yacheykani buzib ochgan. Zarar 90 mln yevrogacha yetishi mumkin. Bu - GFR tarixida bankdagi eng yirik o‘g‘riliklardan biri. | 2025-12-31 05:40:17 | https://t.me/kunuz/93381 |
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori vazir o‘rinbosari etib tayinlandi Prezident qarori bilan O‘ktam Salomov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori sifatida faoliyat yuritgan. | 2025-12-31 05:10:17 | https://t.me/kunuz/93380 |
Qadimgi dunyodan yangi davrgacha hal bo‘lmagan 5 ta tarixiy jumboq Zamonaviy ilmiy usullar o‘tmishni o‘rganishni tubdan o‘zgartirdi tadqiqotchilar qadimgi suyaklardan DNK ajratib olishni, zich jungli qoplamasi ostida ko‘milgan shaharlarni aniqlashni va muhrlangan artefaktlarni ochmasdan turib ularning ichiga “qarash”ni... | 2025-12-31 04:34:01 | https://t.me/kunuz/93379 |
Bir yil ichida dollarda milliarderga aylanganlar soni qariyb 300 kishiga oshdi Tarmoqlar bo‘yicha eng katta o‘sish ishlab chiqarish sohasida qayd etildi - ushbi sektorda milliarderlar boyligi 27,1 foizga oshib, 1,7 trillion dollarga yetgan. IT sohasida aktivlar 3 trillion dollarga 23,8 foiz, moliya sektorida 2,3 trilli... | 2025-12-31 02:59:58 | https://t.me/kunuz/93378 |
Yil yakunida axborot urushi Rossiya Putin qarorgohiga zarba berilganini aytmoqda Kalendar yili tugashi arafasida Rossiya va Ukraina urushida yangi intriga paydo bo‘ldi. Rossiya tomoni Ukraina Putinning Valdaydagi qarorgohiga hujum qilishga uringani haqida bayonot berdi. | 2025-12-30 18:46:40 | https://t.me/kunuz/93377 |
Nodirbek Abdusattorov Blits bo‘yicha jahon chempionatida ikkinchi bo‘ldi O‘zbekistonlik shaxmatchi finalda blits bo‘yicha jahon chempionatlari rekordchisi Magnus Karlsenga yutqazdi. | 2025-12-30 18:01:08 | https://t.me/kunuz/93376 |
B-2'lar yoqilg‘isini bekorga sarflashni xohlamaymiz Tramp va Netanyahu yil oxirida nimalarni gaplashdi? Donald Tramp Floridadagi qarorgohida Binyamin Netanyahu bilan G‘azo, Eron va Suriya masalalarini muhokama qildi. Uchrashuvdan keyingi chiqishida AQSh yetakchisi Eron va Hamasga tahdid qildi. | 2025-12-30 17:39:58 | https://t.me/kunuz/93375 |
Pulli obunalardan qanday foydalanish va pul tejash mumkin? To‘lov ilovalari pul o‘tkazish, ijara va kommunal to‘lovlarni amalga oshirishning asosiy usuliga aylandi. P2P o‘tkazmalar uchun komissiya odatda 1 ni tashkil qiladi va oyiga 57 million so‘m miqdoridagi o‘tkazmalarda faqat komissiyaning o‘zi 70 000 so‘mgacha ort... | 2025-12-30 17:09:58 | https://t.me/kunuz/93374 |
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan Saudiya boshchiligidagi koalitsiya kuchlari seshanba kuni Yamandagi Mukalla portiga havo zarbalari berdi. Qirollikka ko‘ra, ushbu portga Janubiy O‘tish Kengashi kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun BAAning Fujayra ... | 2025-12-30 16:39:01 | https://t.me/kunuz/93373 |
Yil yakuni 2025 yil O‘zbekiston iqtisodiyotidagi asosiy tendensiyalar Oltin 1979 yildan keyingi eng katta yillik narx oshishiga erishdi va bu O‘zbekiston iqtisodiy hayotining joriy yilgi mundarijasini belgilab berdi. Xususan, so‘m dollarga nisbatan hayratlanarli darajada mustahkamlandi. Shuningdek, 2025 yil 1 may sanas... | 2025-12-30 15:59:58 | https://t.me/kunuz/93372 |
Kreml Putin qarorgohiga hujum yuzasidan dalil keltirmayapti RF mudofaa vazirligi harbiy ma’lumotni rasmiy versiyaga moslashtirmoqda Lavrov 91 ta dron bilan hujum qilinganini aytgandi, vazirlikning o‘sha kungi bayonotida Valday joylashgan Novgorod oblasti hududida 18 ta dron urib tushirilgani ma’lum qilingandi. Mahalliy... | 2025-12-30 15:09:33 | https://t.me/kunuz/93370 |
Surxondaryo viloyatining yana ikki tumaniga yangi hokim tayinlandi Oltinsoy tumani hokimi Bahrom Mahmatrayimov Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga o‘tdi, uning o‘rniga Otabek Mavlonov tumanning yangi hokimiga aylandi. Denov tumanida esa noyabr oyida prezident yig‘ilishida ishdan olingan Ilhom Abrorov o‘r... | 2025-12-30 14:40:30 | https://t.me/kunuz/93369 |
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berish to‘xtatildi 30 dekabrdan boshlab AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Diversity Visa dasturi bo‘yicha vizalar berilishi to‘xtatilganini e’lon qildi. DV dasturi murojaatchilari vizaga ariza topshirishlari va suhbatdan o‘tishlari mumkin, AQSh Davlat departamenti o‘z navbat... | 2025-12-30 13:29:58 | https://t.me/kunuz/93368 |
Prezident topshirig‘i bilan 8 ming nafardan ortiq bolaga 500 dollarlik omonat hisobraqamlar ochildi 17 yoshgacha bo‘lgan 8 ming nafardan ortiq yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun omonat depozit hisobraqamlari ochilib, har biriga davlat tomonidan 500 dollardan mablag‘ joylashtirildi. Ushbu mablag‘... | 2025-12-30 13:18:00 | https://t.me/kunuz/93367 |
6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi. | 2025-12-30 12:59:01 | https://t.me/kunuz/93366 |
Putin qarorgohiga dronlar hujumi, Trampning Eron va Hamasga tahdidi va Yamandagi portni bombardimon qilgan Saudiya kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz. | 2025-12-30 12:19:42 | https://t.me/kunuz/93365 |
Anvar Normamatov Qumqo‘rg‘on tumani hokimligidan ketdi Tumanga 2022-yil yozidan buyon rahbarlik qilib kelgan Anvar Normamatov bir necha bor OAV nigohiga tushgan. Xususan, yaqinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarning birida gaz yo‘qligini aytib, aholiga tezak yoqishni maslahat bergandi. Endi viloyat hokimligi u boshqa ishga o... | 2025-12-30 12:02:02 | https://t.me/kunuz/93363 |
Germaniyada Usmonovga qarshi ochilgan ikkinchi tergov ham to‘xtatildi Rossiyalik milliarderga qarshi sanksiyalarni buzish gumoni bilan tergov olib borilayotgandi. Prokuratura uni obektlarni qo‘riqlash xizmatlari uchun pul to‘lashda gumon qilgandi. Usmonovning advokatlari esa uning ushbu kompaniyalar va mol-mulk bilan a... | 2025-12-30 11:20:46 | https://t.me/kunuz/93362 |
Rossiya benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni to‘rtinchi marta uzaytirdi Rossiya avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2026 yilning 28 fevraligacha uzaytirdi. Ushbu taqiq Ukrainaning Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlari ortidan 2024 yilning avgust oyida joriy qiling... | 2025-12-30 10:39:58 | https://t.me/kunuz/93361 |
Termiz tumaniga yangi hokim tayinlandi Tumanning asli soliqchi bo‘lgan hokimi Shuhrat Nazarov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan vazifasidan ozod etildi va uning o‘rniga boshqa soliqchi-hokim Shuhrat Qalandarov tayinlandi. | 2025-12-30 10:05:20 | https://t.me/kunuz/93360 |
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinishni qoraladi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Rossiya prezidentining Nijniy Novgorod viloyatidagi qarorgohiga hujum qilishga urinishni qa... | 2025-12-30 09:48:30 | https://t.me/kunuz/93359 |
Sirdaryoda mashina kanalga tushib ketishi oqibatida 4 yigit halok bo‘ldi YTHda faqat mashina haydovchisi tirik qolgan va shifoxonaga yotqizilgan. Unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 4 yigit esa mashinadan chiqib keta olmasdan, suvga cho‘kib, vafot etgan. | 2025-12-30 09:02:00 | https://t.me/kunuz/93358 |
31-dekabrdan 4-yanvargacha Poytaxt Parking to‘xtash joylari bepul bo‘ladi Yangi yil munosabati bilan Poytaxt Parking tarmog‘iga qarashli avtoturargohlar 31-dekabrdan 4-yanvargacha bepul xizmat ko‘rsatadi. Haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish va xavfsizlik choralarini unutmaslik so‘raldi. | 2025-12-30 07:35:18 | https://t.me/kunuz/93356 |
O‘zbekiston 2025-yilni qanday o‘tkazdi? Bu yil ham jamoatchilik e’tibor markazida turgan voqealarga yetarlicha boy bo‘ldi. Ijtimoiy-siyosiy sohadagi o‘zgarishlar, qonun ustuvorligi hamda so‘z erkinligi borasida hozirgacha aniq javobsiz qolayotgan savollar bisyor. Bugun Kun.uz jonli efirida ortda qolayotgan yilga nazar ... | 2025-12-30 07:14:05 | https://t.me/kunuz/93355 |
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi 29 dekabr kuni Balx viloyatining Hayraton shahrida O‘zbekiston rahbariyati nomidan Afg‘oniston xalqiga navbatdagi gumanitar yordam topshirildi. Yuk tarkibi oziq-ovqat, dori-darmon va tibbiy uskunalardan iborat bo‘ldi. | 2025-12-30 07:02:48 | https://t.me/kunuz/93353 |
Lavrov Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qildi Zelenskiy bu navbatdagi yolg‘on va Kiyevga zarbalar berish uchun bahona ekanini ma’lum qildi. Putin 91 ta dron bilan qilingan bunday hujum haqida Trampga aytib bergan. Amerika prezidenti bu yomonligi va hozir buning mavridi emasligini bildirgan. | 2025-12-30 06:04:35 | https://t.me/kunuz/93352 |
Tramp AQSh ilk bor Venesuela hududiga zarba berdi Donald Tramp narkotrafikka qarshi kurashish uchun AQSh Venesuela hududiga zarba berganini ma’lum qildi. Vashingtondagi davlat idoralari ham, Karakasdagi hokimiyat ham bu zarba haqida hech qanday ma’lumot bermagan. | 2025-12-30 05:20:40 | https://t.me/kunuz/93351 |
Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Abdurahmon Baxtiyev tayinlandi. U shu paytga qadar prezident administratsiyasida mas’ul xodim sifatida faoliyat yuritib kelga... | 2025-12-30 04:40:22 | https://t.me/kunuz/93350 |
Yo‘llardagi hayot narxi O‘zbekistonda yo‘l-transport xavfsizligi haqiqatan yaxshilanyaptimi? So‘nggi yetti yil ichida hukumat yo‘llar va harakat xavfsizligi uchun 61 trillion so‘m mablag‘ sarflagan. Piyodalarni himoya qilish maqsadida yangi tizim va qoidalar ham joriy etildi. Xususan, ko‘plab hududlarda tezlik chegaras... | 2025-12-30 03:59:53 | https://t.me/kunuz/93349 |
SSV bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi SSV matbuot xizmati ushbu sanalarda mamlakat tibbiyot muassasalari qay tartibda ishlashi, qaysi shifo maskanlarida qanday profilaktik-tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi haqida ma’lumot berdi. | 2025-12-30 03:50:47 | https://t.me/kunuz/93348 |
2025 yildagi top-10 osmono‘par bino Nyu-Yorkdan Shenchjengacha Arxitekturaga bag‘ishlangan dunyodagi yetakchi onlayn-jurnallardan biri - Dezeen jurnalistlari 2025 yildagi eng ahamiyatli o‘nta osmono‘par bino reytingini e’lon qildi. | 2025-12-30 03:09:19 | https://t.me/kunuz/93347 |
2025 yil o‘zbek so‘mi uchun qanday o‘tdi? Joriy yilda so‘m dollarga nisbatan qariyb 6,8 foizga mustahkamlandi. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev milliy valutaning mustahkamlanishiga qanday omillar ta’sir qilganini tahlil qildi. Uning qayd etishicha, so‘m bilan kuzatilgan yana bir o‘ziga xos o‘zgarish so‘m-dollar juftligida ... | 2025-12-29 18:19:53 | https://t.me/kunuz/93346 |
Putin Zaporojiye shahrini egallash uchun hujumni davom ettirishni buyurdi Rossiya qo‘shinlari Zaporojiye shahridan taxminan 15 km uzoqlikda joylashgani ta’kidlanmoqda. Urushdan oldin bu shaharda 700 ming aholi istiqomat qilgan. | 2025-12-29 17:49:53 | https://t.me/kunuz/93345 |
30 dekabrdan barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimida ishlaydi Energetika vazirligi Soat 900 dan boshlab, barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimida faoliyat yuritadi. | 2025-12-29 17:14:34 | https://t.me/kunuz/93344 |
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi Qozog‘iston Majlisi deputati Yermurat Bapi davlat siridan xabardor bo‘lgan sobiq yuqori martabali amaldorlarning chet elga chiqishini qonuniy cheklashni taklif qildi. U bunday shaxslar qatorida Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton... | 2025-12-29 16:59:53 | https://t.me/kunuz/93343 |
Yanvar oyi pensiya to‘lovlari 5-yanvarda bank kartalariga yuklanadi Pensiya jamg‘armasi yanvar oyi pensiya to‘lovlari muddati haqida xabar berdi. | 2025-12-29 16:36:01 | https://t.me/kunuz/93342 |
1-yanvardan oilaviy poliklinikalarda tibbiy xizmatlar pulli bo‘lishi haqidagi xabarlar rad etildi Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 31 dekabriga qadar DMED axborot tizimiga biriktirish uchun fuqarolar poliklinikalarga pasport va metirkalar bilan murojaat qilish lozimligi, aks holda tibbiy xizmat pulli asosda ko‘rsatil... | 2025-12-29 16:25:01 | https://t.me/kunuz/93341 |
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi U o‘tirgan avtomobil harakatsiz yuk mashinasi bilan to‘qnashgan, oqibatda kamida ikki kishi halok bo‘lgan. Joshuaning hayotiga hech narsa xavf solmayotgani ma’lum qilindi. | 2025-12-29 15:54:53 | https://t.me/kunuz/93338 |
Tayvan - Xitoy biqinidagi porox bochkasi Bir necha o‘n yillardan beri Tayvan bo‘g‘ozi Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi potensial keskinlik nuqtasi bo‘lib keladi. G‘arbiy Tinch okeanining boshqa hech bir joyida Pekin va Vashington manfaatlari to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashmaydi. Nima uchun ikki mamlakat raqobatida maz... | 2025-12-29 15:14:53 | https://t.me/kunuz/93337 |
Turkmanistonda Do‘zax darvozasi olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda Darvoza qishlog‘i yaqinidagi tabiiy gaz krateri 60 yildan buyon yonyapti. Turkmaniston prezidenti uni o‘chirishni bir necha bor talab qilgan edi. | 2025-12-29 14:39:53 | https://t.me/kunuz/93336 |
“Gospitalga borish uchun qo‘limda granata portlatdim” Rossiya armiyasiga yollangan shaxs qamaldi Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida yashovchi 38 yoshli erkak Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etgani uchun ozodlikdan mahrum qilindi. Pul topish uchun Novosibirsk shahriga borib, tegishli hu... | 2025-12-29 14:09:53 | https://t.me/kunuz/93335 |
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi Yalova shahrida Turkiya politsiyasi o‘tkazgan terrorizmga qarshi operatsiya otishmaga aylanib ketdi. Rasmiylarga ko‘ra, IShID bilan to‘qnashuvda kamida 6 nafar jangari va uch nafar politsiyachi halok bo‘lgan. | 2025-12-29 13:40:23 | https://t.me/kunuz/93334 |
Eyforiyadan ommaviy sotuvlargacha. Bitcoin bilan nimalar bo‘lyapti? Yil oxiriga kelib Bitcoin keskin arzonlashdi. Xususan, oktyabr boshida kriptoaktiv narxi 126 ming dollardan oshgan bo‘lsa, dekabrga kelib 84 ming dollargacha pasaydi. Bunga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatdi? Yaqin istiqbolda Bitcoin bilan nimalar yuz beri... | 2025-12-29 13:04:53 | https://t.me/kunuz/93333 |
Yil yakunlari. O‘zbek futbolidagi 10 muhim voqea 2025-yil o‘zbek futboli uchun e’tiborli voqealarga boy bo‘ldi. So‘nggi o‘n yillik, yangi asr, umuman, futbolimiz tarixida shu paytgacha kuzatilmagan hodisalar birgina yilga siqqanining o‘zi muxlislar uchun esda qolarli davr bo‘lganini ko‘rsatadi. Quyida bu voqealar birma... | 2025-12-29 12:34:49 | https://t.me/kunuz/93332 |
Dilfuza Uralova hokimlikdan ketdi 2020-yil fevralidan buyon Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga hokimlik qilib kelgan Dilfuza Uralova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rnini Shirin shahrining sobiq hokimi Niyoz Hazratqulov egalladi. | 2025-12-29 12:00:50 | https://t.me/kunuz/93330 |
Trampga va’da bergan Putin, Tayvan atrofida mashg‘ulot boshlagan Xitoy va yana raketalar uchirgan Kim kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz. | 2025-12-29 11:20:18 | https://t.me/kunuz/93329 |
Kun.uz surishtiruvlaridan so‘ng avtomobilni chet elga olib chiqish tartibi o‘zgardi Endilikda avtomobilni boshqarish uchun berilgan ishonchnomada mashinani respublika hududidan olib chiqish huquqi mavjudligi yoki cheklanganlik holati qayd etiladi. So‘nggi paytlarda ishonchnoma orqali O‘zbekistondan mashinalarni olib ch... | 2025-12-29 10:59:53 | https://t.me/kunuz/93327 |
2026 yil uchun oldindan band qilish atigi 2 kun qoldi! 31 dekabrda turlarni oldindan band qilishning birinchi bosqichi yakunlanadi. Bu vaqt ichida siz eng mashhur yo‘nalishlar, yuqori sifatli mehmonxonalar va maqbul narxlardan foydalanib, maksimal foyda olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu bosqich tugagandan so‘ng, shartla... | 2025-12-29 10:39:53 | https://t.me/kunuz/93326 |
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi Dushanba tongida Xitoy Tayvan atrofida Adolat missiyasi2025 yirik harbiy mashg‘ulotlarini boshladi. Harbiylar orolni o‘rab turgan dengiz va havo hududida real o‘q otish mashqlarini o‘tkazadi. Tahlilchilarga ko‘ra, Pekinning h... | 2025-12-29 10:12:30 | https://t.me/kunuz/93325 |
Katta kuchlar, kichik davlatlar va yo‘qolayotgan qoidalar Geosiyosat 2025 yil yakunlanar ekan, dunyo barqarorlik sari emas, aksincha, noaniqlik davriga tobora chuqur kirib bordi. Xalqaro huquq tushunchasi nisbiylashdi. Ukrainadagi urush yakuni ko‘rinib qolgandek, G‘azodagi fojia esa hamon tugamadi, mintaqada Eron va Is... | 2025-12-29 09:24:06 | https://t.me/kunuz/93324 |
O‘zbekistonda yana bir ayol hokim paydo bo‘ldi Dilfuza Qambarova Sirdaryo viloyati Shirin shahri hokimi lavozimiga tayinlandi. O‘zbekistonda tuman va shahar hokimi lavozimidagi ayol rahbarlar soni 6 nafarga yetdi. | 2025-12-29 09:03:55 | https://t.me/kunuz/93322 |
Uychi tumanida ham hokim almashdi 2021-yil dekabridan buyon tumanga hokimlik qilib kelgan Shuhrat Musayev ishdan ketdi. Uning o‘rnini Muzaffar Abdullayev egalladi. | 2025-12-29 08:40:01 | https://t.me/kunuz/93321 |
Hafta davomida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda O‘zgidromet 3031 dekabr kunlari aksariyat hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 31 dekabrda harorat 510 daraja bo‘ladi. 12 yanvar kunlari esa yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi va havo 313 darajani tashkil etadi. 34 yanvardan sovuq havo massalari kirib kelis... | 2025-12-29 07:36:01 | https://t.me/kunuz/93320 |
O‘zini distribyutor deb tanitgan Xayrullo Shokirov yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanmoqda Toshkent shahri IIBB ijtimoiy tarmoqlarda Xayrullo Shokirov nomi bilan tanilgan shaxsning faoliyati yuzasidan tergov boshladi. U anor sharbati va boshqa ichimliklardan katta foyda va’da qilib, fuqarolarning mablag‘larini o‘z... | 2025-12-29 07:05:20 | https://t.me/kunuz/93318 |
Yangi yilning birinchi kunlari bahorga ishora go‘yo sinoptiklar quruq bahorni prognoz qilmoqda Yanvarning birinchi o‘n kunligi iliq va quruq o‘tishi kutilmoqda. Hafta boshlaridagi issiq harorat ortidan Turkmaniston orqali janubiy siklonning mintaqaga kirib kelishi, 31 dekabrda yomg‘irli iliq havo bo‘lishi oydinlashmoqd... | 2025-12-29 06:37:39 | https://t.me/kunuz/93317 |
Poytaxt parking xizmatlari bozorda ustun ta’sirga ega deb topildi Streetpark Systems Poytaxt parking umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanish huquqini beruvchi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etildi. | 2025-12-29 06:30:01 | https://t.me/kunuz/93315 |
Yangi Namangan tumanida yangi hokim ish boshladi Tumanga 2021-yil aprelidan buyon rahbarlik qilgan Jobir Abdullayev ishdan olingan. Uning o‘rnini Hududiy elektr tarmoqlari kompaniyasining Namangan filiali direktori Adham Qoraboyev egalladi. | 2025-12-29 06:12:45 | https://t.me/kunuz/93314 |
Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish 3 baravar oshiriladi Prezidentning “Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unda ilmiy ishlanmalar sonini ko‘paytirish, tijoratlashtirishdan tushadigan mablag‘larni oshirish hamda ilm-fan tizimida yoshlar ulushini kenga... | 2025-12-29 05:33:37 | https://t.me/kunuz/93313 |
Tayvan bo‘g‘ozi atrofida keskinlik Xitoy apreldan beri ilk yirik mashqni o‘tkazadi Xitoyning Just Mission 2025 harbiy mashqlari Tayvan sohillari yaqinidagi beshta akvatoriyada va uning atrofidagi havo makonida 29 dekabr kuni boshlandi. Xitoy tomoni bu chora o‘z suverenitetini himoya qilishga qaratilganini ta’kidlamoqda... | 2025-12-29 05:00:01 | https://t.me/kunuz/93312 |
Donbass masalasi hal bo‘lmadi Tramp va Zelenskiy uchrashuvi natijalari Ukraina prezidentining aytishicha, tinchlik rejasi 90 foizga kelishilgan. AQSh prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Donbassdagi hududlar masalasi hali hal qilinmaganini tan oldi. | 2025-12-29 03:59:58 | https://t.me/kunuz/93311 |
O‘zbekiston ham kirgan ro‘yxat IMEI talab qilinadigan mamlakatlar IMEI - mobil uskunaning xalqaro identifikatori. Infografikada chet eldan sotib olingan mobil telefonlarning IMEI raqamini ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy bo‘lgan davlatlar ko‘rsatilgan. | 2025-12-29 03:31:13 | https://t.me/kunuz/93310 |
Ukrainlarning bayram tilagi, namoz o‘qiyotgan falastinlikka hujum hafta dayjesti Hafta davomida Zelenskiy shov-shuvli tabrik yo‘lladi, Putin Rahmonga hamdardlik bildirdi, Amerika Belarus kelishuvida kulgili tafsilotlar paydo bo‘ldi. Quyida haftaning muhim voqealarini birgalikda eslaymiz. VIDEONI TOMOSHA QILING | 2025-12-28 17:59:58 | https://t.me/kunuz/93309 |
End of preview.